locale OZ

Yosh yulduzlar bahsi: Farg'onada xalqaro tennis turniri avjida

12 yoshgacha bo'lgan tennischilar o'rtasidagi xalqaro musobaqa qizg'in pallaga kirdi
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Farg'ona shahri yana bir bor xalqaro sport muhitini his etmoqda — “Istiqlol” tennis majmuasi ATF tomonidan 12 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida tashkil etilgan nufuzli xalqaro tennis turniriga mezbonlik qilmoqda. Musobaqa Markaziy Osiyo davlatlari terma jamoalari o'rtasidagi chempionatning saralash bosqichi sifatida o'tkazilmoqda. O'zbekiston bilan birga Qozog'iston, Turkmaniston va Qirg'izistondan tashrif buyurgan iqtidorli yosh sportchilar g'alaba uchun bahs olib bormoqda.

Bellashuvlar ilk kunlaridanoq yuqori sur'at va murosasiz kurash bilan boshlandi. Yurtdoshimiz yosh tennischilar hamda mehmon sportchilar har bir imkoniyatdan unumli foydalanishga harakat qilmoqda.

Xalqaro musobaqa joriy yilning 18 iyun kuniga qadar davom etadi. Ushbu davr mobaynida qiziqarli va kuchli o'yinlar tennis ishqibozlariga katta zavq ulashishi shubhasiz.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting