locale OZ

Yannik Sinnet ketma-ket ikki finalda set yoʻqotmasdan gʻalaba qozongan ilk tennischiga aylandi

Italiyalik raketka ustasi jahonning birinchi raqamli tennischisini magʻlub etdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yannik Sinnet ketma-ket ikki finalda set yoʻqotmasdan gʻalaba qozongan ilk tennischiga aylandi
FOTO: Getty Images

Italiyalik tennischi, jahon reytingida ikkinchi o‘rinda turgan Yannik Sinner tarixiy natijaga erishdi. Bugun, 16 noyabr kuni u Turinda Karlos Alkarasni 7:6 (7:4), 7:5 hisobida mag‘lub etib, ATP Yakuniy chempionatini ketma-ket ikkinchi marta set yo‘qotmay yutgan birinchi tennischiga aylandi.

Sinner 2024 yilgi Yakuniy chempionatni ham qo‘lga kiritgan edi, o‘shanda u amerikalik Teylor Fritsni mag‘lub etgandi. Bugungi g‘alaba italiyalik tenischi uchun kariyerasidagi 24‑chi va joriy mavsumdagi 6‑chi turnir sovrini bo‘ldi.

Avvalroq u Parij, Pekin, Vena turnirlarida, shuningdek Uimbldon va Australian Openda ham g‘alaba qozongan.

Shuningdek, Sinner jahon reytingidagi top-10 o‘yinchilariga qarshi 59‑chi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. So‘nggi 78 uchrashuvining 71 tasida u raqiblarini dog‘da qoldirishga muvaffaq boʻlgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting