locale OZ

Yannik Sinner tarixdagi eng zo'r grunt tennischisini nomladi

Birinchi raqamli tennischi Rafael Nadalni tennischilar va yosh muxlislar uchun ibratli shaxs, deb atadi
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Dunyo tennis reytingining yetakchisi, italiyalik Yannik Sinner “Katta shlem” turnirlarining 22 karra chempioni Rafael Nadalni tarixdagi eng zo'r grunt kortlari tennischisi, deb atadi.

“Nadal shubhasiz, gruntdagi eng buyuk tennischi. U maydonda mukammal harakat qilardi, to‘pga aylantirish berishni yaxshi bilardi, jismoniy holati ham ideal edi. U zo'r intuitsiyaga ega edi. Bu bizni — tennischilarni va yosh muxlislarni ruhlantirdi. U shunday shaxsni namoyon etdiki, kamtar bo‘lish bilan birga katta tennischiga aylanish mumkin ekanini ko‘rsatdi. Men unga qarshi o‘ynash va hattoki birga mashg‘ulot o‘tkazish baxtiga muyassar bo‘ldim. Rafa qanday ko‘rinib turgan bo‘lsa, shunday inson. U o‘zini boshqacha ko‘rsatishga harakat qilmaydi — bu ajoyib holat. U — ergashish kerak bo‘lgan haqiqiy namuna. Biz Rafa, Jokovich va Federer kabi tennis afsonalarini ko‘rganimiz va ular bilan tanish bo‘lganimiz uchun omadlimiz” , — dedi Sinner matbuot anjumanida.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting