locale OZ

Yannik Sinner soʻnggi 50 yil ichida Rim «Masters» turnirida gʻolib chiqqan ilk italiyalik tennischiga aylandi

Sportchi noxush seriyaga chek qoʻydi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yannik Sinner soʻnggi 50 yil ichida Rim «Masters» turnirida gʻolib chiqqan ilk italiyalik tennischiga aylandi
FOTO: Getty Images

«Katta dubulgʻa» turkumiga kiruvchi turnirlarning toʻrt karra gʻolibi, dunyoning birinchi raqamli tennischisi Yannik Sinner Rim (Italiya) «Masters» turnirida gʻalaba qozonib, soʻnggi 50 yil ichida ushbu musobaqada chempion boʻlgan ilk italiyalik sportchiga aylandi.

Rim tuprogʻida gʻolib chiqqan soʻnggi italiyalik tennischi Adriano Panatta boʻlib, u ushbu muvaffaqiyatga professional darajada uzoq 1976 yilda erishgan edi. Bugun, 17 may kuni boʻlib oʻtgan hal qiluvchi bahsda Sinner norvegiyalik Kasper Ruudni 6:4, 6:4 hisobida taslim etdi.

Rimdagi ushbu chempionlik Sinner uchun faoliyatidagi 29-sovrin, joriy mavsumdagi esa beshinchisi boʻldi. Shu tariqa, u tennis tarixida ketma-ket 6 ta «Masters» turnirida zafar quchgan ilk tennischi sifatida qayd etildi. Shuningdek, Yannik ATP-1000 turkumiga kiruvchi barcha 9 ta turnirning har birida bosh sovrinni qoʻlga kiritgan tariqdagi ikkinchi oʻyinchiga aylandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting