locale OZ

Yannik Sinner mavsumdagi beshinchi sovrinini qoʻlga kiritdi

Italiyalik tennischi avvalroq «Masters» turniri gʻolibiga aylandi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yannik Sinner mavsumdagi beshinchi sovrinini qoʻlga kiritdi
FOTO: Getty Images

Bugun, 17 may kuni dunyoning birinchi raqamli tennischisi, italiyalik Yannik Sinner Italiya poytaxti Rim shahrida boʻlib oʻtgan «Masters» turnirida chempionlikni qoʻlga kiritdi. Hal qiluvchi bahsda u jahon reytingida 25-oʻrinni egallab turgan norvegiyalik Kasper Ruudni 6:4, 6:4 hisobida taslim etdi.

Bu italiyalik tennischi uchun joriy mavsumdagi beshinchi sovrin boʻldi. Sinner bundan avval Indian-Uells, Mayami, Monte-Karlo va Madridda oʻtkazilgan musobaqalarda ham bosh sovringa ega chiqqan edi.

Ruud va Sinner oʻrtasidagi uchrashuv 1 soat-u 44 daqiqa davom etdi. Shu vaqt ichida Italiya vakili 2 ta eys qayd etdi, biror marta qoʻsh xatoga yoʻl qoʻymadi va 5 ta breyk-pointdan 3 tasini oʻz foydasiga hal qildi.

Rimdagi ushbu gʻalaba Yannik Sinnerga faoliyatida yangi sahifa ochish imkonini berdi — u tennis tarixida ketma-ket 6 ta «Masters» turnirida gʻolib chiqqan ilk sportchiga aylandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting