WTA reytingi yangilandi: O‘zbekistonning birinchi raketkasi almashdi, ro‘yxatga yana bir tennischimiz qo‘shildi
Xalqaro ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) 19-may holatiga ko‘ra haftalik yangilangan reytingni e’lon qildi. Dunyo tennischilari orasida bir qator o‘zgarishlar qayd etildi.
Reytingda belaruslik Arina Sobolenko 10683 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. Amerikalik Coco Gauff ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, uning vatandoshi Jessica Pegula uchinchi o‘rinni egalladi. Italiyalik Jasmine Paolini Rimdagi WTA 1000 turniridagi g‘alabasi tufayli to‘rtinchi o‘ringa chiqdi. Polyakalik Iga Swiatek esa beshinchi pog‘onaga tushib ketdi.
O‘zbekistonlik tennischilar orasida muhim yangilik qayd etildi: mamlakatimizdagi birinchi raqamli tennischi almashdi. Ko‘p yillar davomida yetakchi bo‘lib kelgan Nigina Abduraimova o‘z o‘rnini Vlada Yakshibarovaga boy berdi. Hozirgi vaqtda Yakshibarova 24 ochko bilan reytingning 918-pog‘onasida, Abduraimova esa 935-o‘rinda joylashgan.
Shuningdek, O‘zbekiston nomidan reytingda ishtirok etayotgan tennischilar soni besh nafarga yetdi — ular orasida ilk bor Darya Shubina ham ro‘yxatdan joy oldi. U 1397-o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o‘rni (19-may holati):
918 (907). Vlada Yakshibarova – 24 ochko
935 (890). Nigina Abduraimova – 22
1348 (1356). Milana Maslenkova – 5
1402 (1373). Sabrina Olimjonova – 4
1397. Darya Shubina – 3
Umuman olganda, o‘zbekistonlik tennischilar reytingdagi o‘rnini mustahkamlash va yuqorilash uchun faol harakatni davom ettirmoqda.