WTA reytingi: Vlada Yakshibarova 30 pog‘ona yuqorilab, O‘zbekistonning birinchi raketkasiga aylandi
Jahon ayol tennischilarining eng so‘nggi reytingi e’lon qilindi. Xalqaro tennischilar uyushmasi (WTA)ning 26 may holatiga yangilangan ro‘yxatida bir qator o‘zgarishlar qayd etildi.
Belaruslik Arina Sobolenko 10 683 ochko bilan peshqadamligini mustahkamlab turibdi. Uni amerikalik tennischilar — Koko Goff (2-o‘rin) va Jessika Pegula (3-o‘rin) kuzatib borishyapti. Shuningdek, Elena Ribakina Strasburg turniridagi g‘alabasi orqali bir pog‘ona yuqorilab, 11-o‘ringa ko‘tarildi.
O‘zbekistonlik sportchilarimiz orasida esa muhim o‘zgarish ro‘y berdi. Mamlakatimizning yangi birinchi raketkasi — Vlada Yakshibarova. U o‘tgan haftadagi muvaffaqiyatli natijalari orqali 30 pog‘ona yuqorilab, 888-o‘ringa chiqdi. Bu bilan u avvalgi yetakchi — Nigina Abdurayimovani ortda qoldirdi. Nigina bugungi kunda 942-pog‘onada joylashgan.
Qolgan tennischilarimiz reytingda biroz pastladi:
WTA reytingi. 26 may holatiga ko‘ra Top-10:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) — 10 683
2. (2) Koko Goff (AQSH) — 6 863
3. (3) Jessika Pegula (AQSH) — 6 243
4. (4) Jasmine Paolini (Italiya) — 5 865
5. (5) Iga Sviontek (Polsha) — 5 838
6. (6) Mirra Andreeva (Rossiya) — 4 986
7. (8) Chjen Tsinven (Xitoy) — 4 368
8. (7) Madison Keys (AQSH) — 4 184
9. (9) Emma Navarro (AQSH) — 3 879
10. (10) Paula Badosa (Ispaniya) — 3 684
O‘zbekistonlik tennischilarning joriy o‘rni:
888 (918). Vlada Yakshibarova — 27 ochko (+30)
942 (935). Nigina Abdurayimova — 22
1354 (1348). Milana Maslenkova — 5
1377 (1374). Sabrina Olimjonova — 4
1402 (1397). Darya Shubina — 3