locale OZ

WTA reytingi: o‘zbekistonlik tennischilarning aksariyati pasaydi, faqat bittasi yuqoriladi

Sabrina Olimjonova 1 ochko evaziga 13 pog‘onaga ko‘tarildi, qolgan barcha tennischilar natijalarini yo‘qotdi
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Ayollar tennisida WTAning 23-iyun holatidagi haftalik reytingi e’lon qilindi. Jahon reytingida birinchi o‘rinda turgan Arina Sobolenko peshqadamligini saqlab qoldi. Amerikali tennischilar Koko Gauff va Jessica Pegula ham o‘z pozitsiyalarini mustahkamlab turibdi. Yana bir yangilik shuki, italiyalik Jasmine Paolini dunyoning to‘rtinchi raketkasiga aylandi.

O‘zbekistonlik tennischilar orasida faqat Sabrina Olimjonova reytingda yuqorilashga erishdi — u 1 ochko jamg‘argan holda 1376-o‘rindan 1389-pog‘onaga ko‘tarildi. Qolgan 5 tennischimiz esa o‘rin yo‘qotdi.

Milliy terma yetakchilari — Vlada Yakshibarova va Nigina Abdurahimova mos ravishda 13 va 29 pog‘ona pastladi. Abdurahimova 1000 talikdagi o‘rnini ham yo‘qotishi mumkin. Darya Shubina 7, Milana Maslenkova 13, Diana Yakovleva esa 8 o‘ringa pasaydi.

WTA reytingi (23-iyun):
1. Arina Sobolenko (Belarus) — 11640 ochko
2. Koko Gauff (AQSH) — 7899
3. Jessica Pegula (AQSH) — 6048
4. Jasmine Paolini (Italiya) — 4806
5. Zheng Qinwen (Xitoy) — 4803
6. Madison Keys (AQSH) — 4669
7. Mirra Andreeva (Rossiya) — 4636
8. Iga Swiatek (Polsha) — 4618
9. Paula Badosa (Ispaniya) — 3727
10. Emma Navarro (AQSH) — 3697

O‘zbekistonlik tennischilar:
• 884 (871). Vlada Yakshibarova — 28
• 998 (975). Nigina Abdurahimova — 19
• 1211 (1204). Darya Shubina — 9
• 1336 (1323). Milana Maslenkova — 6
• 1376 (1389). Sabrina Olimjonova — 5
• 1422 (1414). Diana Yakovleva — 3

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting