WTA: Abdurayimova tez sur'atda o'rin yo'qotmoqda va tez orada top-1000 ro'yxatidan chiqib ketishi mumkin
Xalqaro ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) haftalik yangilangan reytingni e'lon qildi. Reytingning birinchi o'rnida belaruslik Arina Sobolenko qolmoqda. Ikkinchi o'rinda - polshalik Iga Swiatek, uchinchida esa amerikalik Jessica Pegula. Top-10dagi yagona o'zgarish - qozoqistonlik Elena Rybakina 10-o'rindan 11-o'ringa tushdi.
O'zbekistonlik tennischilar orasida to'rt nafar sportchidan uch nafari o'z o'rnini saqlab qoldi. Milana Maslenkova bir pog'ona yuqori ko'tarildi. Biroq mamlakatning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abdurayimova ochkolarni jadal yo'qotishda davom etmoqda: so'nggi ikki haftada u 145 pog'onaga tushgan bo'lsa, bu hafta yana 114 o'ringa pasayib, 825-o'rinni egalladi. Agar shunday pasayish davom etsa, u tez orada top-1000dan chiqib ketishi mumkin.
22 aprel holatiga ko'ra WTA reytingining top-11 taligi:
1 (1). Arina Sobolenko (Belarus) — 10 768 ochko
2 (2). Iga Swiatek (Polsha) — 7 383
3 (3). Jessica Pegula (AQSh) — 6 208
4 (4). Coco Gauff (AQSh) — 6 073
5 (5). Madison Keys (AQSh) — 4 999
6 (6). Jasmine Paolini (Italiya) — 4 930
7 (7). Mirra Andreeva (Rossiya) — 4 781
8 (8). Zheng Qinwen (Xitoy) — 4 193
9 (9). Paula Badosa (Ispaniya) — 3 821
10 (11). Emma Navarro (AQSh) — 3 797
11 (10). Elena Rybakina (Qozog'iston) — 3 308
O'zbekistonlik tennischilarning pozitsiyasi:
825 (711). Nigina Abdurayimova — 32 ochko (-114)
908 (908). Vlada Yaqshiboeva — 25
1350 (1351). Milana Maslenkova — 5 (+1)
1373 (1373). Sabrina Olimjonova — 4