locale OZ

W15 Tashkent 2. Abdurayimova uchta matchbolni saqlab, dramatik g‘alabaga erishdi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Poytaxtimizda tennis bo‘yicha W15 toifasidagi Tashkent 2 xalqaro turniri qizg‘in pallada davom etmoqda. 11 iyun kuni bo‘lib o‘tgan 1/16 final bahsida hamyurtimiz Nigina Abdurayimova juda murakkab va dramatik bellashuvda g‘alabani tantana qildi. U 2 soat 46 daqiqa davom etgan uch setlik jangda belaruslik Darya Xomutsyanskayaga qarshi o‘yinni 7/5, 2/6, 7/5 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Aytish joizki, Abdurayimova hal qiluvchi setda uchta matchbolni qaytarib, g‘alabani ilib ketdi. Bu ikki tennischi uchun o‘zaro ilk uchrashuv bo‘ldi.

Hozirgi kunda mamlakatimizning ikkinchi raketkasi hisoblangan Nigina WTA reytingining 974-pog‘onasida, raqibi esa 900-o‘rinda joylashgan.

12 iyun kuni Abdurayimova turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi — rossiyalik Yekaterina Reyngol'dga qarshi kortga chiqadi. Jahon reytingida 479-o‘rinni egallab turgan Reyngol'd ilk bosqichda vatandoshi Kira Bataykinani 6/4, 6/4 hisobida mag‘lub etgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting