locale OZ

W15 Tashkent 2. Abduraimova birinchi raketkaga qarshi kurashda yutqazdi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
W15 Tashkent 2. Abduraimova birinchi raketkaga qarshi kurashda yutqazdi
Rasm: Olamsport.uz

Poytaxtimizda tennis bo‘yicha W15 toifasidagi Tashkent 2 xalqaro turniri qizg‘in pallaga kirgan. Yaqinda yakun topgan 1/8 final bahsida hamyurtimiz Nigina Abduraimova turnirning birinchi raqamli raketkasi — rossiyalik Ekaterina Reyngol’dga qarshi maydonga tushdi. Jahon reytingida 479-o‘rinni egallab turgan Reyngol’d ikki setda yirik hisobda g‘alaba qozondi — 6/1, 6/3.

Ma’lumot uchun, Abduraimova WTA reytingida hozircha 974-pog‘onada joy olgan. Shu tariqa, u musobaqani 1/8 finalda tark etdi.

Ayni paytda musobaqada o‘zbekistonlik tennischilardan faqatgina Sabrina Olimjonova qolgan. U navbatdagi bosqichda rossiyalik Panshinaga qarshi bahs olib boradi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting