locale OZ

US Open: Kamilla Rahimova uchinchi davraga yoʻl oldi. Navbatdagi raqib – Arina Sobolenko

Rahimovaning total ustunligi ikkinchi setda ham davom etdi.
US Open: Kamilla Rahimova uchinchi davraga yoʻl oldi. Navbatdagi raqib – Arina Sobolenko
Фото: Olympic.uz

O'zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova (92-raketka) AQSH ochiq chempionatida navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

Ikkinchi davrada ispaniyalik Oksana Selexmetovaga (93) qarshi kortga chiqqan yurtdoshimiz dastlabki setni 6:3 hisobida oʻz foydasiga hal qildi. Rahimovaning total ustunligi ikkinchi setda ham davom etdi va u 6:0 hisobidagi gʻalaba bilan katta qiyinchiliksiz keyingi davraga yoʻl oldi.

Uchinchi davrada tennischimizga ikki yildan beri ketma-ket mazkur turnirda chempion boʻlib kelayotgan jahon reytingi yetakchisi, belaruslik Arina Sobolenko raqiblik qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting