locale OZ

Toshkentda “Generations United Tennis Series” tennis turniri muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda

Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida ACWA Power va O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi tashabbusi bilan “Generations United Tennis Series” tennis turniri bo‘lib o‘tdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Toshkentda “Generations United Tennis Series” tennis turniri muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda
photo: Tennis Uzbekistan

Bugun Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida ACWA Power va O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi tashabbusi bilan “Generations United Tennis Series” tennis turniri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF) doirasida tashkil etilib, biznes vakillari, davlat tashkilotlari, xalqaro hamjamiyat va jamoatchilik vakillarini bir maydonda jamladi.

Turnir “Generations United” ijtimoiy tashabbusi doirasida o‘tkazilib, avlodlar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish, mentorlik madaniyatini mustahkamlash hamda yoshlar va katta avlod vakillari o‘rtasida tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi.

Tadbir dasturidan turnirning rasmiy ochilish marosimi, “Generations United” mahorat darsi, avlodlararo Tie-Break Slam musobaqasi, shuningdek, TIIF ishtirokchilari o‘rtasidagi asosiy tennis bahslari o‘rin oldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting