locale OZ

Toshkent W15: Finalchilar aniqlandi, Shubina muvaffaqiyatli yurishini to'xtatdi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Poytaxtimizda o'tayotgan tennis bo'yicha W15 toifasidagi xalqaro turnir o'z nihoyasiga yaqinlashmoqda. O'zbekistonning yetakchi tennischilari — Vlada Yakshibarova va Nigina Abdurahimova musobaqadagi ishtiroklarini 1/8 finalyoq yakunlashga majbur bo'lishdi. Ular raqiblariga imkoniyatni boy berib, turnirning hal qiluvchi bosqichlariga yetib bora olmadilar.

Shu bilan birga, yurtimiz sharafini himoya qilgan Darya Shubina muxlislar xotirasida yoqimli taassurot qoldirdi. WTA reytingida 1402-o'rinda turgan Shubina 1/4 finalda turnirning uchinchi raqami, dunyoning 624-raketkasi bo'lmish koreyalik Bouyong Jeyongni mag'lub etib, barchani hayratda qoldirdi — 6/1, 6/1.

Afsuski, tennischimiz yarim finalda rossiyalik Varvara Panshinaga qarshi o'yinda 1/6, 3/6 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Panshina hozirda WTA reytingida 780-o'rinni egallab turibdi.

Ikkinchi yarim finalda esa, 1/8 finalda Abdurahimovani musobaqadan chiqarib yuborgan hindistonlik Vaishnavi Adkar birinchi raqamli tennischi — rossiyalik Kseniya Laskutovani 7/6(5), 6/3 hisobida mag'lub etib, finalga yo'l oldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting