locale OZ

Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida yoshlar va ularning ota-onalari maktab faoliyati bilan yaqindan tanishib, tajribali murabbiylar ishtirokida o‘tkazilgan mahorat darslarida qatnashdilar.
Tennis
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi
photo: Tennis Uzbekistan

Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida yoshlar va ularning ota-onalari maktab faoliyati bilan yaqindan tanishib, tajribali murabbiylar ishtirokida o‘tkazilgan mahorat darslarida qatnashdilar. Ishtirokchilarga tennis mashg‘ulotlari, zamonaviy tayyorgarlik tizimi hamda sport infratuzilmasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi mamlakatimizdagi eng yirik tennis bazasi hisoblanadi. Aynan shu maskan O‘zbekistonning ko‘plab yetakchi tennischilari yetishib chiqqan dargoh bo‘lib, xalqaro maydonlarda, ATP va WTA turnirlarida, shuningdek Devis kubogi hamda Billie Jean King Cup musobaqalarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar o‘z faoliyatini aynan shu yerda boshlagan.

Shuningdek, ushbu tennis markazida Tashkent Open, Tashkent Challenger hamda ITF taqvimidan o‘rin olgan nufuzli xalqaro turnirlar muntazam ravishda o‘tkazilib, dunyoning ko‘plab kuchli tennischilariga mezbonlik qilib kelmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting