locale OZ

TIIF doirasida Generations United tennis turniri bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida ACWA Power va O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi hamkorligida “Generations United Tennis Series” tennis turniri tashkil etildi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
TIIF doirasida Generations United tennis turniri bo‘lib o‘tdi
photo: Tennis Uzbekistan

Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida ACWA Power va O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi hamkorligida “Generations United Tennis Series” tennis turniri tashkil etildi.

Tadbir Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF) sport dasturi doirasida o‘tkazilib, turli avlod vakillari, biznes hamjamiyati a’zolari, xalqaro delegatsiyalar hamda tennis ixlosmandlarini bir maydonda jamladi.

“Generations United” tashabbusi avlodlar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish, mentorlik madaniyatini qo‘llab-quvvatlash, tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sport orqali ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

Tadbir dasturidan avlodlararo tennis bo‘yicha mahorat darsi, “Generations United Tie-Break Slam” musobaqasi hamda forum ishtirokchilari ishtirokidagi tennis bahslari o‘rin oldi.

O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi tennis sportini ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamiyatning turli qatlamlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting