Tennischilarimiz Qaysiri turnirida kurashsiz mag'lub bo'lishdi
Maksim Shin va Amir Milushev turnirni noma'lum sabablarga ko'ra tark etdi
Rasm: Olamsport.uz
Turkiyaning Qaysiri shahrida o'tayotgan M15 toifasidagi tennis turnirida o'zbekistonlik tennischilar Maksim Shin va Amir Milushev o'z ishtiroklarini kutilmaganda yakunlashdi.
Mamlakatimizning uchinchi raqamli tennischisi Shin fransiyalik Pol Inchauspega qarshi o'yinga chiqmagan bo'lsa, Milushev 1/8 finalda turkiyalik Birtan Duran ustidan g'alaba qozonganiga qaramay, 1/4 finalda Arda Azkara bilan bo'lishadigan bahsda ishtirok etmadi.
Milushevning o'yinga chiqmasligi natijasida Arda Azkara kurashsiz yarim finalga yo'l oldi. Sportchilarning kortga chiqmaslik sabablari rasmiy ravishda ma'lum qilinmagan — bu jarohat yoki boshqa sabab bo'lishi mumkin.
Bakradze Iman
Redaktor