locale OZ

Tennis. WTA 500. Kamilla Rahimova chorakfinalida britaniyalik tennis yulduzi Emma Radukanuga qarshi kortga chiqadi

Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. WTA 500.  Kamilla Rahimova chorakfinalida britaniyalik tennis yulduzi Emma Radukanuga qarshi kortga chiqadi
photo: Tennis Uzbekistan

KUNNING MARKAZIY UCHRASHUVI

Kamilla Rahimova - Emma Radukanu

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova bugun Londonda o‘tayotgan nufuzli WTA 500 turniri chorakfinalida britaniyalik tennis yulduzi Emma Radukanu bilan kortga chiqadi.

Emma Radukanu tennis muxlislariga yaxshi tanish - u 2021-yilgi US Open chempioni bo‘lib, tarixdagi eng yorqin sensatsiyalardan birini yaratgan. Hozirda britaniyalik tennischi WTA live reytingida 43-o‘rinni egallab turibdi.

Kamilla Rahimova esa O‘zbekistonning birinchi raketkasi bo‘lib, ayni paytda WTA live reytingida 65-o‘rinni egallab turibdi.

Bo‘lajak uchrashuv chorak final bosqichining eng qiziqarli bahslaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting