locale OZ

Tennis. US Open yarim finalida Djokovic mag'lub bo‘ldi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. US Open yarim finalida Djokovic mag'lub bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Nyu-York shahri mezbonligida o‘tayotgan tennis bo‘yicha “Katta Dubulğa” turkumiga kiruvchi AQSH ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida finalchilar aniqlandi.

Dunyoning ikkinchi raketkasi Carlos Alcaraz yarim finalda ATP reytingida yettinchi o‘rinni egallab turgan serbiyalik afsona Novak Djokovicga qarshi kortga chiqdi. Ikki soat-u 25 daqiqa davom etgan bahsda Carlos nomdor raqibini uch set natijasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi – 6/4, 7/6(4), 6/2.

Shu tariqa, Carlos faoliyatida yettinchi bor “Katta Dubulğa” turnirlarining finaliga chiqdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting