locale OZ

Tennis. Toshkentda yosh tennischilarni rivojlantirish bo‘yicha ITF seminari o‘tkaziladi

Shahar tashqarisidan kelgan ishtirokchilarning yashash va ovqatlanish xarajatlari qoplanadi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. Toshkentda yosh tennischilarni rivojlantirish bo‘yicha ITF seminari o‘tkaziladi
photo: Tennis Uzbekistan

2025-yil 16–19-noyabr kunlari Toshkentda “Yosh tennischilarni rivojlantirish” mavzusida murabbiylar uchun yordamchi seminar bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan ITFning G‘arbiy va Markaziy Osiyoda tennisni rivojlantirish bo‘yicha ofitseri Amir Borgeyning ishchi tashrifi doirasida tashkil etiladi.

Seminar boshlang‘ich bosqichdan tortib milliy o‘smirlar terma jamoalari darajasigacha bo‘lgan o‘yinchilar bilan ishlaydigan murabbiylarga mo‘ljallangan. Ishtirokchilar yosh sportchilarni tayyorlash, texnikani rivojlantirish va uzoq muddatli mashg‘ulot strategiyasini qurish bo‘yicha bilim va tajribalarini chuqurlashtirishlari mumkin.

Ishtirok etish shartlari (imtihonlari muvaffaqiyatli topshirilgan bo‘lishi kerak):
Play Tennis va “10 yoshgacha Tennis”
Boshlang‘ich va o‘rta darajadagi o‘yinchilar bilan ishlovchi murabbiylar kursi
Ilg‘or darajadagi o‘yinchilar bilan ishlovchi murabbiylar kursi

Eslatma: o‘rinlar soni cheklangan — jami 24 nafar ishtirokchi.
Seminar o‘qituvchilari:
Amir Borgey — ITFning G‘arbiy va Markaziy Osiyoda tennisni rivojlantirish bo‘yicha ofitseri
Igor Shelyakin — ITF mintaqaviy o‘qituvchisi, OTF (FTU) rivojlanish koordinatori

Shahar tashqarisidan kelgan ishtirokchilarning yashash va ovqatlanish xarajatlari O‘zbekiston tennis federatsiyasi hisobidan qoplanadi.

O‘tkazilish sanalari: 2025-yil 16–19-noyabr
Manzil: Toshkent

Ushbu seminar murabbiylar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur rivojida navbatdagi qadam bo‘lib, O‘zbekistonning xalqaro tennis hamjamiyatidagi pozitsiyalarini yanada mustahkamlaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting