Tennis. Tennischilarimiz “norasmiy beshinchi Katta dubulg‘a” turnirida!
Saralash bahslari 1–3 mart kunlari bo‘lib o‘tadi, asosiy bosqich esa 4 martdan start oladi.
photo: Tennis Uzbekistan
O‘zbekiston vakillari — Kamilla Rakhimova va Maria Timofeeva — dunyoning eng nufuzli musobaqalaridan biri bo‘lgan Indian Wells (WTA 1000) turnirining kvalifikatsiya bosqichida ishtirok etishadi.
Mazkur turnir tennis olamida ko‘pincha “norasmiy beshinchi Katta dubulg‘a” deb e’tirof etiladi. Kuchli raqobat va yuqori saviya ushbu musobaqani mavsumning eng muhim startlaridan biriga aylantiradi.
Saralash bahslari 1–3 mart kunlari bo‘lib o‘tadi, asosiy bosqich esa 4 martdan start oladi.
Kamilla Rakhimova — Maria Lourdes Carle (Argentina)
Maria Timofeeva — Suzan Lamens (Niderlandiya)
Qizlarimizga matonat, ishonch va yorqin o‘yin tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor