locale OZ

Tennis. Sergey Fomin Tailanddagi ATP Challenger turnirining chorak finaliga yo‘l oldi

Yarim final yo‘llanmasi uchun Fomin 30 yoshli chexiyalik tennischi Marek Gengelga qarshi kortga chiqadi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. Sergey Fomin Tailanddagi ATP Challenger turnirining chorak finaliga yo‘l oldi
photo: Tennis Uzbekistan

O‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Tailandning Nonthaburi shahrida o‘tayotgan ATP Challenger toifasidagi turnirda navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritib, musobaqaning chorak final bosqichiga chiqdi.

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sergey Fomin 22 yoshli fransiyalik tennischi Rober Bertrandga qarshi bahsda ishonchli o‘yin namoyish etib, 2-0 hisobida (6-3, 6-4) g‘alaba qozondi. Ta’kidlash joizki, uchrashuv oldidan Bertrand ATP reytingida 302-o‘rinni egallab turgan edi.

Yarim final yo‘llanmasi uchun Fomin 30 yoshli chexiyalik tennischi Marek Gengelga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv ertaga bo‘lib o‘tadi va mahalliy vakti bilan soat 08:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting