locale OZ

Tennis. Saidislam Farhodov Tennis Europe turnirida ikki yo‘nalishda finalchi bo‘ldi

Yakkalik bahslarida Saidislam finalgacha yetib bordi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. Saidislam Farhodov Tennis Europe turnirida ikki yo‘nalishda finalchi bo‘ldi
photo: Tennis Uzbekistan

Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilgan Tennis Europe Junior Tour taqvimiga kiruvchi nufuzli Ahmet Erguden Cup 8 turnirida O‘zbekiston vakili Saidislam Farhodov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Yakkalik bahslarida Saidislam finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi uchrashuvda u ispaniyalik Fernando De La Torre ga 3–6, 3–6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek, u juftlik bahslarida ham finalga chiqib, musobaqani ikki yo‘nalishda finalchi sifatida yakunladi.

Ushbu natija yosh tennischimizning Tennis Europe musobaqalaridagi barqaror o‘sishi va xalqaro maydondagi tajribasini yanada boyitayotganini ko‘rsatadi.

Saidislamga kelgusi startlarda omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting