Tennis. Saidaslam Farxodov Wimbledon U14 turnirida ishtirokini davom ettirmoqda
Buyuk Britaniyada davom etayotgan Wimbledon 14&Under turnirida Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan Saidaslam Farxodov guruh bosqichini yakunladi. Hamyurtimiz D guruhida uchta uchrashuv oʻtkazib, ikki gʻalaba va bir magʻlubiyat qayd etdi hamda guruhda ikkinchi oʻrinni egalladi.
Guruh bosqichida Farxodov Xitoy vakili Li Yanruni 6/4, 2/6, 10:8 hisobida, Buyuk Britaniya tennischisi Kaleb Griffithni 7/6(4), 6/2 hisobida magʻlub etdi. Shuningdek, Shveysariya vakili Jonas Waeltiga 2/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, Saidaslam endi Consolation Play-Off bosqichida ishtirok etadi. Navbatdagi uchrashuvda u Buyuk Britaniya vakili Oskar Laskovskiga qarshi kortga chiqadi.
Saidaslam Farxodovga keyingi uchrashuvlarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz!