locale OZ

Tennis. Saidaslam Farxodov - Farg‘onadagi Category A turnirining mutlaq chempioni

ATF Category A musobaqalari Osiyo Tennis Federatsiyasining 14 yoshgacha bo‘lgan tennischilar uchun tashkil etiladigan eng nufuzli turnirlari qatoriga kiradi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Tennis. Saidaslam Farxodov - Farg‘onadagi Category A turnirining mutlaq chempioni
photo: Tennis Uzbekistan

O‘zbekistonlik yosh tennischi Saidaslam Farxodov Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tgan nufuzli ATF 14 & Under Category A turnirida yakkalik va juftlik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritib, musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylandi.

Yakkalik bahslarida turnirning uchinchi raketkasi sifatida ishtirok etgan Saidaslam finalda musobaqaning birinchi raketkasi, Hindiston vakili Taanish Nandani 2:6, 6:2, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

Juftlik bahslarida esa Qozog‘iston vakili Syrimjan Barlykov bilan birga finalga qadar yetib bordi va hal qiluvchi uchrashuvda Hindistonning Adeshbir Ghuman / Aarav Chhallani juftligini 6:2, 6:1 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi chempionlik sovrinini ham qo‘lga kiritdi.

ATF Category A musobaqalari Osiyo Tennis Federatsiyasining 14 yoshgacha bo‘lgan tennischilar uchun tashkil etiladigan eng nufuzli turnirlari qatoriga kiradi. Ushbu toifadagi musobaqalar Osiyoning turli mintaqalarida cheklangan miqdorda o‘tkaziladi va qit’aning eng kuchli yosh tennischilarini birlashtiradi.

Saidaslamni yorqin g‘alaba va ajoyib natija bilan tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda yangi zafarlar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting