Tennis. Saidaslam Farhodov Fransiyadagi turnirdagi ishtirokini yakunladi
Mazkur nufuzli turnirda uchinchi bosqichgacha yetib borishi sportchining jiddiy tayyorgarligi va mustahkam iroda kuchiga ega ekanidan dalolat beradi.
photo: Tennis Uzbekistan
Saidaslam Farhodov Fransiyadagi turnirdagi ishtirokini yakunladi.
O‘zbekistonlik tennischi Saidaslam Farhodov Fransiyada o‘tkazilgan 14 yoshgacha bo‘lgan 44ème Petits As Le Mondial Wilson nufuzli turnirida o‘z ishtirokini yakunladi. U Ispaniya vakili Pablo Ximenes Romanga 6–3, 6–4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Mazkur nufuzli turnirda uchinchi bosqichgacha yetib borishi sportchining jiddiy tayyorgarligi va mustahkam iroda kuchiga ega ekanidan dalolat beradi.