locale OZ

Tennis. Saidaslam Farhodov Fransiyadagi nufuzli turnirda ishonchli start oldi

O‘zbekistonlik tennischi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, turnirning asosiy to‘riga yo‘l oldi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. Saidaslam Farhodov Fransiyadagi nufuzli turnirda ishonchli start oldi
photo: Tennis Uzbekistan

Fransiyada Yevropaning eng nufuzli o‘smirlar turnirlaridan biri Tennis Europe Junior Tour taqvimiga kiritilgan 44ème Petits As Le Mondial Wilson musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada O‘zbekiston vakili Saidaslam Farhodov ishtirok etib, ishonchli va yetuk o‘yin namoyish etmoqda.

O‘zbekistonlik tennischi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, turnirning asosiy to‘riga yo‘l oldi.

Birinchi davra uchrashuvida Saidaslam Niderlandiya vakili, turnirning ikkinchi raqam ostida saralangan ishtirokchisi Valentin Rudenburg ustidan muhim g‘alabaga erishdi — 7-6, 6-4. Musobaqa favoritlaridan birini mag‘lub etish Farhodovning yuqori tayyorgarligi va jangovar ruhini yaqqol tasdiqladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting