locale OZ

Tennis. Saidaslam Farhodov Armanistondagi o‘smirlar turnirida juftlikda chempion, yakkalikda finalchi bo‘ldi

Yakkalik finalida Saidaslam belaruslik Arsey Barkouga qarshi maydonga tushdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. Saidaslam Farhodov Armanistondagi o‘smirlar turnirida juftlikda chempion, yakkalikda finalchi bo‘ldi
photo: Tennis Uzbekistan

Armanistonning Tsaxkadzor shahrida Armaniston tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan, “Karen Kuregiyan xotira kubogi” (3-kategoriya) xalqaro o‘smirlar turniri yakunlandi.

O‘zbekiston vakili Saidaslam Farhodov yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etib, juftlik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritdi va yakkalikda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Juftlik bahsi
Farhodov Qozog‘istonlik Nurislam Musa bilan duetda finalda belaruslik Arsey Barkou va rossiyalik Platon Gripich juftligini 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.

Yakkalik bahsi
Yakkalik finalida Saidaslam belaruslik Arsey Barkouga qarshi maydonga tushdi va keskin kurashda 3:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib, turnir vitse-chempioni bo‘ldi.

Ushbu natijalar O‘zbekistonning o‘smir tennischilari darajasi oshib borayotganini va yosh sportchilarni rivojlantirish yo‘lida O‘zbekiston tennis federatsiyasining samarali faoliyatini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting