Tennis. Qizlarimiz xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda
Xitoyning Anning shahrida o‘tayotgan ITF W35 turnirida hamyurtimiz Sevil Yuldasheva juftlik bahslarida finalga yo‘l oldi.
photo: Tennis Uzbekistan
Xitoyning Anning shahrida o‘tayotgan ITF W35 turnirida hamyurtimiz Sevil Yuldasheva juftlik bahslarida finalga yo‘l oldi.
U Janubiy Koreyalik hamkori J. Shin bilan birgalikda yarim finalda xitoylik juftlik — Wang / Ye ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi — 6:3, 6:2.
Shu bilan birga, Misrning Sharm-el-Sheyx shahrida o‘tayotgan ITF W15 turnirida Laima Vladson juftlik bahslarida yarim finalga chiqdi.
U sherigi K. Kuzmova bilan chorak finalda raqiblarini 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.
O‘zbekistonlik tennischilar xalqaro maydonda yuqori natijalarni qayd etishda davom etmoqda!
Ibrohim Jalolov
Redaktor