locale OZ

Tennis. Qizlarimiz finalda!

Tennischilarimiz Livan jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi, ikkala yakkalik uchrashuvida ham g‘alaba qozondi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. Qizlarimiz finalda!
photo: Tennis Uzbekistan

Vyetnamda o‘tayotgan ITF World Junior Tennis Competition (Asia/Oceania Pre-Qualifying) jamoaviy turnirida O‘zbekistonning 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar jamoasi yarim final bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.

Tennischilarimiz Livan jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi, ikkala yakkalik uchrashuvida ham g‘alaba qozondi. Shundan so‘ng Livan jamoasi juftlik uchrashuvida ishtirok etishdan voz kechdi.

Shu tariqa O‘zbekiston jamoasi turnir finaliga yo‘l oldi, hamda ushbu g‘alaba tufayli Malayziyaning Kuching shahrida bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting