Tennis. Qizlarimiz birinchi o‘yinni g‘alaba bilan boshladi
O‘zbekiston U14 qizlar terma jamoasi Vetnamda o‘tayotgan WJTC Pre-Qualifying turniridagi ilk uchrashuvni muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
photo: Tennis Uzbekistan
Qizlarimiz birinchi o‘yinni g‘alaba bilan boshladi.
O‘zbekiston U14 qizlar terma jamoasi Vetnamda o‘tayotgan WJTC Pre-Qualifying turniridagi ilk uchrashuvni muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Tennischilarimiz Kambodja jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqani ishonchli tarzda boshlashdi.
Ertaga jamoamiz Mongoliya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Qizlarimizga navbatdagi uchrashuvda ham omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz
Ibrohim Jalolov
Redaktor