Tennis. Qarshida ATF 12&Under Karshi Cup turniri yakunlandi
Qarshida ATF 12&Under Karshi Cup turniri yakunlandi.
Qashqadaryo viloyatida 12 yoshgacha bo‘lgan yosh tennischilar o‘rtasida ATF 12&Under Karshi Cup xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardan yosh tennischilar ishtirok etdi.
O‘zbekiston vakili S. Jalolitdinov o‘g‘il bolalar yakkalik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Finalda u hamyurtimiz Abdualiiy Azamatovni 6:0, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Juftlik bahslarida S. Jalolitdinov / S. Kizatbay (Qozog‘iston) tandemi ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi — final 6:2, 6:2 hisobida yakunlandi.
Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Qozog‘iston vakillari muvaffaqiyat qozondi: Medina Raiymbek yakkalikda, Dayana Zhanaeva / Medina Raiymbek juftligi esa juftlik bahslarida chempion bo‘ldi.
Yosh tennischilarimizni munosib natijalar bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!