Tennis. Polina Kudermetova Pekindagi WTA 1000 turnirining uchinchi bosqichida
Tauson faoliyati davomida WTA reytingida 12-o‘ringacha ko‘tarilgan.
photo: gettyimages
O‘zbekiston vakili Polina Kudermetova Pekinda o‘tayotgan nufuzli WTA 1000 China Open turnirining ikkinchi bosqichida tajribali daniyalik tennischi Klara Tausonni uch setda — 6:4, 4:6, 6:4 hisobida mag‘lub etib, uchinchi bosqichga yo‘l oldi.
Tauson faoliyati davomida WTA reytingida 12-o‘ringacha ko‘tarilgan. Hozirda u jahon reytingida 44-o‘rinni egallab turibdi.
Ushbu g‘alaba evaziga Kudermetova Pekindagi ishtiroki uchun kamida 61 865 AQSh dollari miqdoridagi mukofot puli va 65 WTA reyting ochkosini kafolatladi.
Uchinchi bosqichda Polina turnirning 4-raqamli saralangan tennischisi Mirra Andreevaga qarshi kortga chiqadi.