locale OZ

Tennis. Polina Kudermetova Citi Open asosiy to‘riga yo‘l oldi

O‘zbekiston tennischisi Polina Kudermetova AQSHning Vashington shahrida o‘tayotgan Citi Open turnirining asosiy to‘riga chiqdi.
Tennis. Polina Kudermetova Citi Open asosiy to‘riga yo‘l oldi
photo: gettyimages

Polina Kudermetova Citi Open asosiy to‘riga yo‘l oldi

O‘zbekiston tennischisi Polina Kudermetova AQSHning Vashington shahrida o‘tayotgan Citi Open turnirining asosiy to‘riga chiqdi.

Musobaqa WTA 500 toifasiga kiradi va mavsumning nufuzli turnirlaridan biri hisoblanadi.

Saralash bahslarida Polina ketma-ket ikki g‘alabaga erishdi. Dastlab u Yaponiya vakili Mei Yamaguchini 7/6(8), 6/4 hisobida mag‘lub etdi.

Hal qiluvchi saralash uchrashuvida esa AQSH vakili Varvara Lepchenkoni 4/6, 7/6(9), 6/4 hisobida taslim etib, asosiy to‘r yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Asosiy to‘rning ilk davrasida Polina Ispaniya vakili Kristina Bukshaga qarshi kortga chiqadi. Hozirda Buksha WTA reytingida 35-o‘rinni, Polina Kudermetova esa 111-o‘rinni egallab turibdi.

Polinaga musobaqada omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting