Tennis. Pekindagi g'alaba
Danila Kvasov va Akmal Abdullaev Pekinda o‘tkazilgan J300 toifasidagi turnirning juftlik bahslarida g‘olib bo‘lishdi.
photo: Tennis Uzbekistan
Danila Kvasov va Akmal Abdullaev Pekinda o‘tkazilgan J300 toifasidagi turnirning juftlik bahslarida g‘olib bo‘lishdi.
Finalda esa Danila va Akmal 6-raqam ostida saralangan Wonmin Kim va Hanlei Lu juftligini 7:6, 6:3 hisobida mag‘lub etishdi.
Turnir davomida O‘zbekiston juftligi 1- va 3-raqam ostida saralangan juftliklarni ham mag‘lub etib, o‘zining yuqori darajadagi o‘yinini namoyish etdi.
Ajoyib natija va munosib chempionlik!
Sportchilarimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz va ularga yangi zafarlar hamda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!