locale OZ

Tennis. O‘zbekistonlik juftlik Qozog‘istonda chempion!

Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan ITF J100 Almaty Open – 2 turnirida O‘zbekiston vakillari Akmal Abdullayev va Danila Kvasov juftlik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. O‘zbekistonlik juftlik Qozog‘istonda chempion!
photo: Tennis Uzbekistan

Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan ITF J100 Almaty Open – 2 turnirida O‘zbekiston vakillari Akmal Abdullayev va Danila Kvasov juftlik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Final uchrashuvida hamyurtlarimiz musobaqaning birinchi raqamli juftligi — rossiyalik Aleksey Frolov va Aleksandr Kunitsynni ishonchli tarzda 6:4, 6:4 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi.

Mazkur g‘alaba yosh tennischilarimizning xalqaro maydondagi navbatdagi muhim yutug‘i bo‘ldi. O‘zbekiston tennis federatsiyasi chempionlarimizni samimiy tabriklaydi va ularga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaydi!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting