Tennis. O‘zbekiston terma jamoasi Malayziyadagi ITF World Junior Tennis Competition turnirida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada ishtirok etishda davom etmoqda va mamlakatimiz sharafini xalqaro maydonda himoya qilmoqda.
photo: Tennis Uzbekistan
14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston terma jamoasi Malayziyaning Kuching shahrida o‘tayotgan ITF World Junior Tennis Competition xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.
Avvalroq jamoamiz Vetnamda bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori darajadagi o‘yin namoyish qilgan holda ushbu turnir yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Mazkur musobaqada turli mamlakatlarning eng kuchli jamoalari qatnashmoqda, bu esa yosh tennischilar uchun xalqaro tajriba orttirish va o‘z mahoratini oshirish uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.
O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada ishtirok etishda davom etmoqda va mamlakatimiz sharafini xalqaro maydonda himoya qilmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor