Tennis. O‘zbekiston o‘smirlari guruh bosqichidagi ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi
Abdurakhmon Karimov keskin kechgan uchrashuvda Tri Srisen ustidan 7:5, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi.
photo: Tennis Uzbekistan
O‘zbekiston o‘smirlari guruh bosqichidagi ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi!
Qozog‘istonning Shymkent shahrida o‘tkazilayotgan Junior Davis Cup Final Qualifying turnirida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Tailand ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Abdurakhmon Karimov keskin kechgan uchrashuvda Tri Srisen ustidan 7:5, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi.
Makhmudbek Beknazarov esa Patcharaphol Leekulni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Shuningdek, juftlik bahsida Makhmudbek Beknazarov / Abdurakhmon Karimov tandemi Kosiri Thamma va Tri Srisen juftligini 6:0, 6:1 hisobida yengib, jamoamizning umumiy g‘alabasini mustahkamladi.
Bu — guruh bosqichidagi ikkinchi g‘alaba!
Ertaga terma jamoamiz Avstraliyaga qarshi kortga chiqadi.
Omad, yigitlar!
Ibrohim Jalolov
Redaktor