Tennis. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Avstraliyaga qarshi bahsda 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi
Yakkalik uchrashuvlaridan so‘ng hisob 1:1 bo‘lib turgandi. Qarama-qarshilik taqdiri hal qiluvchi juftlik bahsida hal bo‘ldi.
photo: Tennis Uzbekistan
Shymkent shahrida o‘tkazilayotgan Junior Davis Cup Final Qualifying turnirida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Avstraliyaga qarshi bahsda 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Yakkalik uchrashuvlaridan so‘ng hisob 1:1 bo‘lib turgandi. Qarama-qarshilik taqdiri hal qiluvchi juftlik bahsida hal bo‘ldi.
Shunga qaramasdan, jamoamiz guruh bosqichini ikkinchi o‘rin bilan yakunlab, keyingi bosqichga yo‘l oldi va turnirdagi ishtirokini davom ettiradi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor