locale OZ

Tennis. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Devis kubogi uchrashuvi uchun Nigeriyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekistonlik tennischilar Nigeriya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 7–8 fevral kunlari Lagos shahrida bo‘lib o‘tadi va mavsumning muhim bosqichi hisoblanadi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Devis kubogi uchrashuvi uchun Nigeriyaga jo‘nab ketdi
photo: Tennis Uzbekistan

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi tennis bo‘yicha Devis kubogining Jahon guruhi II pley-off uchrashuvida ishtirok etish uchun Nigeriyaga yo‘l oldi.

O‘zbekistonlik tennischilar Nigeriya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 7–8 fevral kunlari Lagos shahrida bo‘lib o‘tadi va mavsumning muhim bosqichi hisoblanadi.

Mazkur bahs katta ahamiyatga ega: qarama-qarshilik g‘olibi keyingi yilda Devis kubogining Jahon guruhi I bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi, mag‘lub bo‘lgan jamoa esa mintaqaviy III guruh tadbirlarida raqobatlashadilar.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:

Humoyun Sultonov
Ilya Ignatov
Abdulaziz Usmonjonov
Suxrob Saidov
O‘yinchi-kapitan: Denis Istomin

Nigeriya terma jamoasi tarkibi:

Daniyel Adeleye
Kanis Abua
Maykl Emmanuel
Chenna Oparaoji
Abubakara Yusuf
Kapitan: Benson Achi Ishicheli

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting