locale OZ

Tennis. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi pley-off bosqichiga yo‘l oldi!

Billie Jean King Cup Osiyo/Okeaniya II guruhi doirasida Malayziyaga qarshi bahsda O‘zbekiston terma jamoasi yakkalik uchrashuvlaridayoq g‘alabani ta’minladi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Tennis. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi pley-off bosqichiga yo‘l oldi!
photo: Tennis Uzbekistan

Billie Jean King Cup Osiyo/Okeaniya II guruhi doirasida Malayziyaga qarshi bahsda O‘zbekiston terma jamoasi yakkalik uchrashuvlaridayoq g‘alabani ta’minladi.

Nigina Alimova Malayziya vakili Daania Daniella Hazlini 6:2, 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Sevil Yuldasheva esa Dhevieena Sarawanan ustidan 6:3, 6:3 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi muddatidan oldin 2:0 hisobida umumiy g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Juftlik bahsi esa yomg‘ir sababli vaqtincha to‘xtatildi. Uchrashuv to‘xtatilgan paytda Nigina Alimova va Sevil Yuldasheva juftligi 7:5, 3:1 hisobida oldinda borayotgan edi.

Mazkur g‘alaba evaziga O‘zbekiston ayollar terma jamoasi guruh bosqichini ikkinchi o‘rin bilan yakunlab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting