locale OZ

Tennis. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Billie Jean King Cup’dagi ishtirokini o‘tgan yilgi natijani yaxshilagan holda yakunladi

Malayziyada bo‘lib o‘tgan Billie Jean King Cup Asia/Oceania Group II musobaqasida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi o‘tgan yilgiga nisbatan muvaffaqiyatliroq ishtirok etdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Billie Jean King Cup’dagi ishtirokini o‘tgan yilgi natijani yaxshilagan holda yakunladi
photo: Tennis Uzbekistan

Malayziyada bo‘lib o‘tgan Billie Jean King Cup Asia/Oceania Group II musobaqasida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi o‘tgan yilgiga nisbatan muvaffaqiyatliroq ishtirok etdi.

Terma jamoamiz guruh bosqichidan muvaffaqiyatli chiqib, Asia/Oceania Group I yo‘llanmasi uchun pley-off bahslarida ishtirok etdi.

Yarim finalda O‘zbekiston terma jamoasi Filippinga qarshi kortga chiqdi. Birinchi yakkalik uchrashuvida Nigina Alimova Tennielle Madisga 4:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi yakkalik bahsida esa Sevil Yo‘ldasheva Shaira Riverani 6:3, 7:5 hisobida mag‘lub etib, umumiy hisobni tenglashtirdi.

Hal qiluvchi juftlik uchrashuvida Nigina Alimova va Sevil Yo‘ldasheva Alexa Joy Milliam hamda Shaira Riveraga qarshi bahs olib borishdi. Murosasiz kechgan uchrashuv 6:4, 3:6, 6:10 hisobida yakunlandi va Group I yo‘llanmasi super tay-breykda hal bo‘ldi.

Natijada O‘zbekiston terma jamoasi kelasi mavsum ham Asia/Oceania Group II musobaqasida ishtirok etadi.

Shunga qaramay, jamoamiz o‘tgan yilgi natijasini sezilarli darajada yaxshiladi. Agar 2025-yilda O‘zbekiston 8-o‘rinni egallagan bo‘lsa, bu yil guruh bosqichidan muvaffaqiyatli chiqib, turnirning eng kuchli to‘rt jamoasi qatoridan joy oldi hamda Asia/Oceania Group I yo‘llanmasi uchun oxirigacha kurash olib borib, hal qiluvchi juftlik uchrashuvidagi super tay-breykda imkoniyatni boy berdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting