locale OZ

Tennis. Nukusda murabbiylar uchun seminar yakunlandi

Seminar davomida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, murabbiylar o‘zaro tajriba almashishdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. Nukusda murabbiylar uchun seminar yakunlandi
photo: Tennis Uzbekistan

Nukus shahrida murabbiylar uchun tashkil etilgan seminar muvaffaqiyatli yakuniga yetdi. Seminar davomida murabbiylar o‘z bilim va tajribalarini oshirish, zamonaviy tayyorgarlik uslublari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Mashg‘ulotlar tajribali mutaxassislar ishtirokida o‘tkazildi. Seminar davomida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, murabbiylar o‘zaro tajriba almashishdi.

Seminar yakunida ishtirok etgan murabbiylarga faol qatnashgani uchun minnatdorchilik bildirildi. Tadbir samimiy va iliq muhitda yakunlandi.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi mamlakatimizda murabbiylar salohiyatini oshirish va tennisni yanada rivojlantirish yo‘lidagi ishlarni davom ettiradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting