locale OZ

Tennis. Nikita Belozertsev xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

Avval ham sportchi xalqaro turnirlarda barqaror ishtirok etib, ITF o‘smirlar reytingida yetakchilar qatoridan joy olgan.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. Nikita Belozertsev xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi
photo: Tennis Uzbekistan

Tennischi Nikita Belozertsev xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Nikita Belozertsev endilikda O‘zbekiston terma jamoasi safida harakat qiladi hamda xalqaro turnirlarda mamlakatimiz bayrog‘i ostida ishtirok etadi.

Iqtidorli tennischi o‘z avlodining eng kuchli vakillaridan biri hisoblanadi va o‘smirlar o‘rtasida yuqori natijalar qayd etib kelmoqda. Ayni paytda u ITF o‘smirlar jahon reytingida 13-o‘rinni egallab turibdi.

Avval ham sportchi xalqaro turnirlarda barqaror ishtirok etib, ITF o‘smirlar reytingida yetakchilar qatoridan joy olgan.

Hozirgi kunda Nikita Belozertsev Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) turnirlarida ishtirok etmoqda, shuningdek ATP seriyasidagi musobaqalarda ham O‘zbekiston nomidan qatnashmoqda.

Nikita Belozertsevning terma jamoaga qo‘shilishi O‘zbekiston tennisining xalqaro maydondagi salohiyatini yanada oshiradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting