locale OZ

Tennis. Mariya Timofeyeva sobiq dunyoning 10-raqamini mag‘lub etdi

Ushbu g‘alaba evaziga Mariya Timofeyeva 70 WTA reyting ochkosi va 126 ming funt sterling (taxminan 166 ming AQSH dollari) miqdoridagi mukofot pulini kafolatladi.
Tennis
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Tennis. Mariya Timofeyeva sobiq dunyoning 10-raqamini mag‘lub etdi
photo: gettyimages

O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mariya Timofeyeva Uimbldon-2026 turnirining birinchi bosqichida Braziliyaning tajribali tennischisi Beatriz Haddad Maiani 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi bosqichga yo‘l oldi.

Bu g‘alaba Mariya uchun faoliyatidagi eng muhim muvaffaqiyatlardan biri bo‘ldi. Uning raqibasi Beatriz Haddad Maia sobiq dunyoning 10-raqamli tennischisi, Braziliya tarixida WTA reytingining Top-10 taligiga kirgan ilk ayol tennischi hisoblanadi. U faoliyati davomida WTA turnirlarida yakkalikda 4 ta, juftlikda esa 8 ta chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Haddad Maia 2023-yilgi Roland Garros musobaqasining yarim finalchisi, 2024-yilgi US Open chorak finalchisi hamda maysa mavsumida Nottingham va Birmingham turnirlari g‘olibi sifatida tanilgan.

Ushbu g‘alaba evaziga Mariya Timofeyeva 70 WTA reyting ochkosi va 126 ming funt sterling (taxminan 166 ming AQSH dollari) miqdoridagi mukofot pulini kafolatladi.

Mariya Timofeyevani yorqin g‘alaba bilan tabriklaymiz va keyingi bosqichda ham omad tilaymiz!

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting