locale OZ

Tennis. Mariya Timofeyeva Monterrey turnirining ikkinchi bosqichida ishtirok etadi

Ikkinchi bosqichda hamyurtimiz dunyoning 30-raketkasi, amerikalik Enn Li bilan uchrashadi. Turnirning sovrin jamg‘armasi 1 164 401 AQSH dollarini tashkil etadi.
Tennis. Mariya Timofeyeva Monterrey turnirining ikkinchi bosqichida ishtirok etadi
photo: gettyimages

Mariya Timofeyeva Monterrey turnirining ikkinchi bosqichida!

O‘zbekiston vakili Mariya Timofeyeva Meksikaning Monterrey shahrida o‘tayotgan WTA 500 — Abierto GNP Seguros turnirining ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi.

Saralash bahslaridan asosiy to‘rga chiqqan Timofeyeva ilk davrada Xitoy vakili, jahon reytingida 53-o‘rinni egallab turgan tajribali Chjan Shuayni 6:1, 6:3 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Mariya ayni paytda WTA reytingida 92-o‘rinda bormoqda.

Ikkinchi bosqichda hamyurtimiz dunyoning 30-raketkasi, amerikalik Enn Li bilan uchrashadi. Turnirning sovrin jamg‘armasi 1 164 401 AQSH dollarini tashkil etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting