locale OZ

Tennis. Maria Timofeeva Merida WTA 500 turnirida muvaffaqiyatli start oldi

Meksikaning Yukatan shtatidagi Merida shahri tennis bo‘yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi turnirga mezbonlik qilmoqda.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. Maria Timofeeva Merida WTA 500 turnirida muvaffaqiyatli start oldi
photo: Tennis Uzbekistan

Meksikaning Yukatan shtatidagi Merida shahri tennis bo‘yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi turnirga mezbonlik qilmoqda. Maria Timofeeva musobaqaning saralash bahslarida ishtirok etmoqda.

Timofeeva saralashning yarim finalida argentinalik Martina Taborda Kapurroga qarshi kortga chiqdi. Ikki soat olti daqiqa davom etgan uchrashuvda Maria raqibasini ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lub etdi — 6-4, 6-1.

Bugun saralash turnirida oltinchi raqam ostida tasniflangan Maria asosiy to‘rga yo‘llanma beruvchi final bahsida yana bir argentinalik tennischi Maria Lourdes Karlga qarshi kortga chiqadi. Karl reytingda Timofeevadan bir pog‘ona pastda joylashgan. Ushbu uchrashuv bizning vaqt bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting