locale OZ

Tennis. Kanada Ochiq chempionatida yarim finalchilar aniqlandi

Tennis bo‘yicha Kanada Ochiq chempionatida chorak final uchrashuvlari yakunlandi va yarim finalda kortga chiqadigan tennischilar nomi ma’lum bo‘ldi.
Tennis. Kanada Ochiq chempionatida yarim finalchilar aniqlandi
photo: gettyimages

Tennis bo‘yicha Kanada Ochiq chempionatida chorak final uchrashuvlari yakunlandi va yarim finalda kortga chiqadigan tennischilar nomi ma’lum bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasidagi bahslar

Torontoda o'tayotgan turnir to‘rining yuqori qismida ukrainalik Elina Svitolina hamda polshalik Iga Shvyontyek final sari kurashni davom ettiradi.

Svitolina chorak finalda rossiyalik Yekaterina Aleksandrovani 3:6, 6:0, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.

Shvyontyek esa kanadalik emas, rossiyalik Diana Shnayder ustidan 6:2, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.

To‘rning quyi qismida yarim finalda amerikalik Koko Gauff va Qozog‘iston vakili Yelena Rybakina o‘zaro kuch sinashadi.

Gauffning chorak finaldagi raqibi — shveysariyalik Belinda Benchich jarohati sabab kortga chiqmasdan, mag'lubiyatini tan oldi.

Rybakina esa yaponiyalik Naomi Osakaga qarshi bahsda kambek qayd etib, 4:6, 7:6(5), 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting