locale OZ

Tennis. Kamilla Raximova Torontodagi WTA 1000 turnirining uchinchi bosqichiga yo‘l oldi!

Ikkinchi davrada Kamilla tajribali chex tennischisi Katerina Sinyakovani 6:7(1), 6:0, 5:2 hisobida mag‘lub etdi.
Tennis. Kamilla Raximova Torontodagi WTA 1000 turnirining uchinchi bosqichiga yo‘l oldi!
photo: gettyimages

Kamilla Raximova Torontodagi WTA 1000 turnirining uchinchi bosqichiga yo‘l oldi!

O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Raximova Kanadaning Toronto shahrida o‘tayotgan National Bank Open Presented by Rogers (WTA 1000) musobaqasining uchinchi bosqichiga chiqdi.

Ikkinchi davrada Kamilla tajribali chex tennischisi Katerina Sinyakovani 6:7(1), 6:0, 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Raqib uchrashuvni davom ettira olmagani sababli g‘alaba Raximovaga yozildi.

Sinyakova — WTA turining eng tajribali tennischilaridan biri. U juftlik bahslarida sobiq dunyo birinchi raketkasi, ko‘p karra “Katta dubulg‘a” chempioni hisoblanadi. Hozirda esa yakkalik reytingida 36-o‘rinni egallab turibdi.

Uchinchi bosqichda Kamilla rossiyalik, WTA reytingining 21-raqamli tennischisi Anna Kalinskayaga qarshi kortga chiqadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting