locale OZ

Tennis. Kamilla Rahimova Torontoda Venus Uilyamsni mag‘lub etdi

National Bank Open ayollar professional tennisidagi eng nufuzli musobaqalardan biri bo‘lib, WTA 1000 toifasiga kiradi.
Tennis. Kamilla Rahimova Torontoda Venus Uilyamsni mag‘lub etdi
photo: Tennis Uzbekistan

O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Kamilla Rahimova Kanadaning Toronto shahrida o‘tayotgan National Bank Open Presented by Rogers turnirining birinchi bosqichida tennis tarixidagi eng tajribali va eng muvaffaqiyatli sportchilardan biri — amerikalik Venus Uilyamsni 6:4, 6:1 hisobida mag‘lub etdi.

National Bank Open ayollar professional tennisidagi eng nufuzli musobaqalardan biri bo‘lib, WTA 1000 toifasiga kiradi.

Shuningdek, ushbu turnirning asosiy to‘rida yana bir hamyurtimiz — Polina Kudermetova ham ishtirok etmoqda. U saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, bugun birinchi davrada Alina Korneevaga qarshi kortga chiqadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting